KARPOV ANATOLIY YEVGENEVICH

KARPOV ANATOLIY YEVGENEVICH (1951.23.5, Zlatoust, Rossiya) — shaxmatchi, xalqaro grossmeyster (1970), xizmat ko’rsatgan sport ustasi (1974), jahonning 12-chempioni (1975-85), jahon shaxmat olimpiadasi chempioni (1972, 1974, 1980, 1982, 1986, 1988). Shaxmat “Oskari” sovrindori (1973— 77, 1979-81, 1984). Xalqaro tinchlik fondlari assotsiasiyasi prezidenti (1992 yildan).