KARPTISHLISIMONLAR
KARPTISHLISIMONLAR (Cyprino-dontiformes) — suyakli baliqlar turkumi. Amerika, Afrika, Jan. Evro- Pa, Jan.-Sharqiy Osiyodagi chuchuk suv- larda tarqalgan 400 ga yaqin tur kiradi. Tanasi tsilindrsimon, oldingi qismi yon tomondan siqilgan va suyak tangalar b-n qoplangan. Ko’pchilik turlari suv- ning yuqori qatlamlarida yashaydi; og’zi yuqoriga qaragan; suzguchlari yumshoq. Elka suzgichi bitta, tishlari rivoj- langan. Ko’llar va sekin oqadigan suv havzalarida yashaydigan turlari bez- GAK chivinining suvdagi qurtlari b-n oziqlanadi. Ko’pchilik turlari uvildiroq tashlab ko’payadi; 4 turi, jum- ladan O’zbekiston suv havzalarida uch- raydigan gumbuziya tirik tug’adi. Keng tarqalgan oilalardan biri karptishli- lar (Cyprinodontidae)HHHr uz. 3-5 sm. Bu oiladan fundulus, karptish, gup- Pilar va Lukani akvariumda boqiladi. Lukani harorati 40° ga yaqin bo’lgan issiq suvli buloqlarda yashaydi. Afri- kada qurg’oqchilik fasllarida kichikroq suv xavzalaridagi to’nkalar ostida yashaydigan notobranx, afiosomion baliqlari halok bo’ladi, ammo ular qo’ygan uvildiriqlar saqlanib qolib, yomg’irdan so’ng tez rivojlana boshlay- Di. 2-3 oy o’tgach baliqchalar voyaga etib, yana uvildiriq tashlaydi. K. sanoat ahamiyatiga ega emas.