Kartaxena

Kartaxena — Kolumbiya shim. dagi shahar. Bolivar departamentining ma’muriy markazi. Karib dengizi buxta- sida, Magdalena daryosi quyi qismining g’arbida joylashgan. Aholisi 745,6 ming kishi (1995). Avtomobil yo’llari tugu- ni. Yirik dengiz porti (neft va neft mahsulotlari, shakarqand, teri, oltin, platina va b. chetga chiqariladi). Aero- porti xalqaro ahamiyatga ega. Muhim savdo markazi. Oziq-ovqat (baliq kon- serva, shakarqand, qandolatchilik, pivo pishirish, tamaki), neftni qayta ishlash, neft kimyosi, rezina-texnika, tsement, to’qimachilik, ko’n-teri, farmasevtika, mebel sanoati korxonalari mavjud. Ta- rix akademiyasi, un-t (1824), musiqa in- ti, kutubxona bor. Shaharga 1533 y.da ispan konkista- dori Pedro de Erediya tomonidan asos solingan. Mustamlakachilik davrida mustahkam qal’a va yirik portga aylan- gan. 1811 y.da Kolumbiya shaharlari ichida birinchilardan bo’lib K.da mustaqillik e’lon qilingan. Me’moriy yodgorliklar- dan mustamlakachilik davrida qurilgan shahar devori, qal’a, monastirlar (16- a.), cherkov (16-18-a. lar), Zarbxona (17- a.) va b. saqlangan.