Karter Govard

Karter Govard (1873.9.5, Sueffem, Norfolk — 1939.2.3, London) — ingliz arxeologi. 1891 yildan Misrda arxeologik qazishma ishlari olib borgan (tel-Amarna va boshqa joylarda). 1902 yildan podshohlar vodiysida qazishmalar o’tkazgan; 1922 yil XVIII sulolaga mansub Fir’avn Tutanxamon (miloddan avvalgi 15-asr) maqbarasini ochgan, undan fan uchun nihoyatda qimmatli xazinalar — san’at yodgorliklari topilgan. Karterning “tutanxamon maqbarasi” asari (M., 1959) rus tiliga tarjima qilingan.