Karteziychilik

Karteziychilik, kartezianlik R. Dekartning lotincha Karteziy (Cartesius) ismidan olingan]— 17 — 18- asr falsafa va tabiatshunosligidagi yo’nalish. R. Dekartint g’oyalari nazariy asos bo’ldi. Karteziychilik izchil dualizm bilan xarakterlanadi. Karteziychilik dunyoni ikki mustaqil va o’zaro bog’liq bo’lmagan substantsiyalar — moddiy va fikrlovchi substantsiyaga ajratadi. Karteziychilikning bosh printsiplari — ongning o’z-o’zidan mavjudligi (R. Dekartning “fikrlayman, demak, mavjudman” degan g’oyasi) va tug’ma g’oyalar nazariyasidir. Karteziychilik taraqqiyotida monizm (golland faylasufi X. De Rua (1598-1679), B. Spinoza) va okkazionalizm [(golland faylasufi A.Geylinks (1624-69), frantsuz faylasufi N.Malbransh (1638-1715)] yuzaga keldi.