Kartulyariyalar
Kartulyariyalar (kechki lotincha chartularium, lotincha charta-yorliq so’zidan)-o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada yer tortiq etish (ko’pincha cherkov foydasiga) huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan yorliqlar nusxalari to’plami. VII asrda XIV asrgacha yirik monastirlarda lotin tilida tuzilgan. Kartulyariyalar muhim tarixiy manba sanaladi. Ulardagi ma’lumotlar turli ijtimoiy qatlamlar yer mulki miqdori va tarkibini o’rganish, qaram dehqonlar majburiyatlari turlarini aniqlash va boshqalarda qo’l keladi.