Kartush

Kartush (fransuzcha cartouche, italyancha cartoccio-ayni ma’no bo’g’cha, xalta)-1) gerb, emblema, yozuv tasvirlangan qalqon yoki yarim yoyilgan chakmon ko’rinishidagi bezak. Kartush XVI asrdan binoning kirish qismlari, qabrtoshlar, hujjatlarga o’rnatilgan. Me’moriy bezak elementi sifatida kechki renessans va barokko uslublarida keng qo’llanilgan; 2) Qadimgi Misr iyeroglif yozuvida yozilgan matn fir’avn ismi ekanligini anglatuvchi belgi. 4-sulola boshida, fir’avn Snofru davrida, muomalaga kiritilgan. Qadimgi misr tilida Kartush shenu deb atalgan.