Karuzo (Caruso) Enriko

Karuzo (Caruso) Enriko (1873.24.2 -Neapol — 1921.2.8) — italyan xonandasi (tenor), belkanto san’atining yirik namoyandasi, jahon opera ijrochiligining atoqli vakillaridan. Yoshligida cherkov xoriga qatnashgan. 1894-1901 yillarda Italiya va Qohira opera teatrlarida ishlagan, 1903 yildan “Metropoliten-opera” (Nyu-York) teatrining yakkaxoni. 1898 yildan Janub va Shimoliy Amerika hamda Yevropa mamlakatlarida gastrolda bo’lgan. Ijrosi — dramatik jo’shqinligi, serzavqligi hamda o’zigagina xos samimiyligi bilan ajralib turadi. Hajmdan keng va kuchli, nihoyatda jozibali ovoz sohibi Karuzo repertuaridan jami 80 dan ortiq, opera partiyalari o’rin olgan. Shu bilan birga Karuzo mumtoz Cherkov musiqasi asarlari, mumtoz romanslar, Neapolitan va boshqa xalq qo’shiqlarini nozik did bilan talqin etgan.