Karvonsaroy
Karvonsaroy-karvonlar to’xtab, tunab o’tadigan rabot, saroy. Yaqin Sharq, O’rta Osiyo, Kavkazorti shaharlari savdo yo’lida barpo etilgan. Karvonsaroylar, odatda, o’rtada katta hovli, atrofi bir-ikki qavatli hujralar bilan o’ralgan, minorali qal’aband istehkom shaklida bo’lib, savdo manzillarida va shahardagi bozor (tim, toq)lar qatoriga qurilgan. IX-XVIII asrlarda shaharlarning o’sishi va karvon savdosining kuchayishi natijasida, Karvonsaroylar ko’plab bunyod etilgan. Arab sayyorlari Istahriy va Ibn Havqalning ma’lumotiga ko’ra, X asrda savdo markazi hisoblangan. Movarounnahrda 10 mingdan ortiq Karvonsaroylar bo’lgan. Temir yo’l va boshqa zamonaviy transport rivojlanishi oqibatida, Karvonsaroylar o’z ahamiyatini yo’qotgan.