KARZAY HOMED

KARZAY HOMED (1957, Qandahor shahri yaqinidag’i Karz qishlogi) — Afg’oniston davlat arbobi. Kobuldagi “Habibiya” bilim yurti (1976), Hindistonning Simda shahridagi Ximachal Pradesh universiteti (1982) ni tugatgan. SSSRning Afg’onistondagi qo’shinlariga qarshi urushda ishtirok etgan. 1982 yildan Afg’onistonni ozod etish milliy fronti tezkor boshqarmasi boshlig’i, 1985 yildan axborot departamenti raisi, siyosiy departament boshlig’i o’rinbosari, 1989 yildan Peshovarda joylashgan S. Mujaddadiy rahbarligidagi Afg’oniston muvaqqat hukumatida tashqi aloqalar departamenti bosh direktori, 1992 yildan B.Rabboniy boshchiligidagi muvaqqat hukumatda tashqi ishlar vaziri o’rinbosari. 1994 yil “Tolibon” harakatiga qo’shilgan, ammo 1995 yil oxiriga kelib, bu harakat mohiyatini anglab yetgach, uni tark etgan. 1997 yil Pokistonning Kvetta sh.da Afg’onistonda Loya jirg’ani o’tkazishga yordam ko’rsatish bo’yicha bo’linma ta’sis etgan. 1999 yil Loya jirg’ani tashkil etish bo’yicha Zohir Shoh boshchiligidagi Rim guruhi ijroiya qo’mitasi a’zosi. 2001 yil dekabrda Bonn shahrida bo’lib o’tgan Afg’oniston muvaqqat hukumatini ta’sis etishga bag’ishlangan konferentsiyada muvaqqat hukumat raisi etib saylangan. 2002 yil maydan Afg’oniston o’tish Islom davlati raisi, 2004 yil oktabrdan Afg’oniston Islom Respublikasi prezidenti.