KASB-HUNAR LEKSIKASI

KASB-HUNAR LEKSIKASI – (professionalizmlar) muayyan kasb yoki hunar egalari nutqiga xos so’z va tushun- chalar majmui. Boshqa tildan so’z olish, shevaga xos so’zlar, umumxalq tiliga xos ma’nosi o’zgartirilgan so’zlar K.-h. l.ning shakllanishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Bir buyum, narsani turli kasb kishilari tomonidan xilma-xil (mas, “qozon” — qandolatchilarda “Poti- la” va b.) nomlanishi ham K.-h. l.ni yuza- ga keltirishi mumkin. Kasb-hunarning rivojlangan tarmog’i (mas, paxtachilik, tibbiyot, texnika va b.) leksikasi boy bo’lib, shu sohalarga oid alohida adabi- yotlar ham nashr etilgan. Fan-texnikaga oid terminlarning, umuman, til lug’at tarkibining boyishida va xalqning mod- diy madaniyat tarixini o’rganishda ular muhim manba hisoblanadi. K.-h. l. badi- iy adabiyotda muayyan personaj xususiya- ti, tabiatini chuqurroq yoritishda badi- iy tasvir vositasi bo’lib xizmat qiladi.