KASBGA ALOQADOR ZARARLAR

KASBGA ALOQADOR ZARARLAR, ishlab chiqarish zararlari — odamning salomatligi va mehnat qobiliyatiga bevosita va bilvosita salbiy ta’sir ko’rsatadigan mehnat jarayoni va i. ch. omillari. K.a.z. ma’lum sharoitlar- da kasb kasalliklarini paydo qilishi va umumiy kasalliklarni zo’raytirib yuborishi mumkin. K.a.z. yangi texnolo- giyaning, ba’zan toksik va organizmning sezuvchanligini o’zgartiradigan allergic xossaga ega moddalarning qo’llanilishi, shuningdek, xom ashyolarning yangi turi- ni sanitariya-gigienik jihatdan yaxshi bilmaslik hamda texnik vositalarning ma’lum darajada takomillashmaganligi yoki texnologik rejimning va sanitariya- texnologiya normativlarining buzilishi natijasi bo’lishi mumkin. I.ch. texnologiyasi va jihozlarining nomukammalligiga bog’liq K.a.z. ga chang, shovkin, vibrasiya, t-raning yuqori yoki pastligi, yorug’likning etishmasligi, havo nisbiy namligining yuqoriligi, atmosfera bosimining yuqori yoki past- ligi, zaharli va radioaktiv moddalar, q.x.da ishlatiladigan pestisidlar, plastmassalar i.ch.da qo’llaniladigan reaktorlar, monomerlar, ionlashtiruvchi va ultrabinafsha nurlar, elektromagnit to’lqini, mikroorganizmlar va b. kiradi. K.a.z. mehnat jarayoniga, uning tashkil qilinishiga, mehnatning og’irligi va da- vomligiga, biror a’zoning yoki sistema- sining haddan ortiq toliqishiga, trans- port harakati va konveyerda hadeb bir xildagi ishni bajarish tufayli ko’z va quloqqa zo’r kelishiga, o’tirib yoki turib ishlaydigan odamlarning uzoq vaqt davo- mida bir xil vaziyatda turishiga bog’liq bo’lishi mumkin. K.a.z. mehnat qobiliyatining Pa- sayishiga, o’tkir va surunkali zaharlanishniit avj olishiga, umumiy kasalliklarning ko’payishiga, uzoq mud- dat o’tgandan keyin paydo bo’ladigan yomon asoratlarga sabab bo’lishi mumkin. K.a.z. organizmga teri, og’iz, me’da-ichak yo’llari, shilliq qavatlar, eshitish a’- zolari, nafas orqali, shuningdek, nur holida ta’sir etishi mumkin. Avtomati- zasiya va mexanizasiya sohasida erishil- gan ilmiy texnika yutuqlarining hayotga tatbiq qilinishi i. ch.da K.a.z.ni Barta- raf etish yoki xavfsiz darajada kamayti- rish imkonini beradi.