Kashina Nadejda Vasilevna
Kashina Nadejda Vasilevna (1896.19.3, Perm – 1977.11.8, Toshkent) — O’zbekiston xalq rassomi (1964). Mo- skva Oliy badiiy texnika inti (VXU- Tein)ni tugatgan (1927). 1930 y.dan O’zbekistonda. K. asarlarida O’zbekiston manzaralarini, mehnatsevar o’zbek xalqining kundalik turmushini yorqin bo’yoqlarda mehr b-n tasvirlaydi. “Poy- ga” (1927), “yo’ng’ichqa ortilgan arava” (1929), “Sherdor yonida” (1928), “sir- daryodan o’tish” (1930), “doyra ushlagan qiz” (1945), “tushki dam olish” (1949), “Hosil” (1957), “insoniyat bahori” triptixi (1961), “sukunat” (1962), “Bog’ko’cha” (1965), “tinch payt” (1967), “Samarqand madonnasi” (1971), “mo- zor yonida” (1973) va b. mehnat ahli, o’zbek ayoli manzara fonida aks etti- rilgan kartinalari, natyurmortlari (“Kungaboqar”, 1939; “behi”, 1956 va b.) yorqin bo’yog’i, muallifning o’ziga xos ifoda uslubi b-n diqqatni tortadi. PLA- katlar, etyudlari boy mazmuni, ifodali- ligi b-n muhim. Rassom Alisher Navo- iy ijodiga ko’p marta murojaat qilib, asar qahramonlarini jonli aks ettirdi (“Bunyodkor Farhod”, 1939; “Bahrom go’r zangori saroyda”, 1941; “Layli va maj- nun”, 1966; “Farhod va Shirin”, 1968; “Farhod”, 1970 va b.).