Kassasiya
Kassasiya (lot. cassatio — bekor qilish, buzish) — qonuniy kuchga kirma- gan sud hukmi (hal qiluv qarori) usti- dan shikoyat qilish shakllaridan biri. Apellyasiya sudidan farqli ravishda, K. instantsiyasi shikoyat yoki protest doira- si b-n cheklanib qolmaydi, balki bun- da ish unda mavjud bo’lgan va qo’shimcha taqdim qilingan materiallarning to’la hajmida tekshirib chiqiladi. K. in- stantsiyasi hukm (hal qiluv qarori)ni o’zgarishsiz qoldirishi, bekor qilishi va ishni yangidan tergov qilishga yoki sud muhokamasiga jo’natishi yo bo’lmasa hukmni bekor qilishi va sud ishi olib borishni to’xtatishi mumkin. O’zRda K. tartibida ish yuritish va K. shikoyati berish (K. protesta keltirish) qonun- qoidalari JPK 56-bobida va FPK 38-bobida belgilab berilgan.