Kast, kasht

Kast, kasht (sug’diycha — tog, ba- landlik) — Chatniyonga qarashli viloyat va shahar. Hisor tizma tog’larida joy- lashgan. Mug’tog’idan topilgan sug’diy hujjatlarda (8-a. boshi) Panch, ya’ni Panjikentning turkiy hokimi chaqin Chur Bilga Bichut o’g’lining nomi kelti- rilgan, u Panch b-n birga K. rustoqining ham hokimi bo’lgan (7-a. oxiri — 8-a. boshi). U zarb etgan tangalardagi tamg’alar K.dagiga o’xshash. Ilk o’rta asr- larda K. ancha yirik viloyat bo’lgan, chun- ki uning hukmdori oliy shohona unvon b-n ixshid deb atalgan; bu unvonga undan tashqari faqat Sug’d hukmdorlarigina ega bo’lishgan. Panjikent hokimlari ancha kamtarona unvon b-n — “mray”, ya’ni “janob” deb atalganlar, bu sug’diy zodagonlar tabaqasida 2 darajali un- von sanalgan. 9-a. 1 choragida K. viloyati xalifalikka 10 ming dirham mikdorda xiroj to’lagan. Bu qo’shni Karron, vash- gird kabi viloyatlarnikidan ancha ortiq bo’lgan. Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoriche- skaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxari- Stana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.