Katafraktlar

Katafraktlar (yunoncha Kataphraktoi-sovutga o’ralgan)-1) qadimgi xalqlarda maxsus otliq qo’shin turi; dastlab forslar, so’ngra ular orqali makedon va suryoniylar qo’shinida paydo bo’lgan. Katafraktlar miloddan avvalgi 1-mingyillikning 2-yarmida sarmatlar va O’rta Osiyoning janubidagi Parfiya davlatida ham mavjud bo’lgan. Rim imperatorlari Adrian, ayniqsa, Seltimiy Sever davrida Rim armiyasida ham joriy etilgan. Katafraktlar otliq qo’shinidagi jangchilarning tanasini tangachasimon qoplamali sovut, boshlarini sipar dubulg’a himoya qilgan. Otlar ham temir yoxud misdan yasalgan tangachasimon qoplamali sovut bilan himoyalangan. Katafraktlarning asosiy qurol-yarog’i nayza bo’lgan. Rim armiyasida xizmat qilayotgan xorijiy suvoriylar ko’pincha klibanariylar (lotincha clibanus-sovut) deb atalgan. Konstantsiy II davrida (337-360) qaytadan tashkil etilgan; 2) Yunonistonda miloddan avvalgi III asr boshlarida paydo bo’lgan yalang sahn-palubali, eshkakchilarni himoyalovchi taxta chetani bor harbiy kema.