KATALOG
KATALOG (Yunoncha katalogos — ro’yxat) — 1) muayyan narsalar (masalan, kitob, eksponat, tovarlar)ning ma’lum tartibda tuzilgan ro’yxati; ularni topishni osonlashtiradi. Ko’rgazmalar, ilmiy-texnika yoki madaniy-ma’rifiy ishlar uchun mo’ljallangan ma’lumotnoma nashrlarda mavjud narsalarning (ba’zan bezakli) shu tarzda tartibga solingan ro’yxati bo’ladi. Masalan, markalar Katalogi, badiiy asarlar ko’rgazmalari Katalogi va boshqalar; 2) kutubxona katalogi; 3) kompyuter dasturlarining mantiqiy qurilmasida — fayl nomlari saqlanadigan joy, fayllar yig’indisi.