KATALONLAR

KATALONLAR (o’zlarini katalans deb atashadi) — Ispaniyadagi xalq. Asosan, Kataloniyada (7,5 million kishi), shuningdek, Frantsiyada (250 mingga yaqin kishi). Italiyada (30 ming kishi), Amerikada (350 ming kishi) ham yashaydilar. Umumiy soni 8,16 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Katalan tilisya so’zlashadilar. Yevropeoid irqiga mansub. Dindorlari — katoliklar.