KATALPA

KATALPA (Catalpa) — bignoniyadoshlar oilasiga mansub manzarali o’simliklar turkumi. Bargi oddiy, uzun, yirik. Guli oq, qo’ng’iroqsimon, to’pguli shingil yoki ro’vaksimon. Mevasi uzun (20-40 santimetr), ko’p urug’li. 2 pallali, dukkaksimon. Urug’i yassi, uchi kokilli. 14 turi bor. Urug’i, qalamchasi va ildiz bachkisidan ko’paytiriladi. Yog’ochi yengil, yumshoq, chirishga chidamli.