KATAMORFOZ
KATAMORFOZ (Yun. kata — yuqoridan quyiga bo’ladigan harakatni bildiradigan qo’shimcha va morphe — ko’rinish, shakl) — organizmlarning birmuncha oddiy yashash sharoitlariga o’tishida regressiv evolyusiya — katage- nez asosida qayta tuzilishi. K., ko’pincha, organizmlarning evolyusiya jarayonida yashashning xususiy sharoitlariga bo’lgan ayrim moslanishlarining yo’qolishi b-n bog’liq. “K.”terminini rus biologi I. I. Shmalgauzen taklif etgan (1939). K.ning genetik asosi hayvonlarning harakatsiz hayot kechirish, ayniqsa, Endo- parazitizmga o’tishi b-n o’z ahamiyatini yo’qotgan organlarning to’liq rivojlan- masligini keltirib chiqaruvchi mutasi- yalarning yig’ila borishi hisoblanadi. Shuning b-n birga bunday organizmlar- da ayrim organlar sistemasining Pro- gressiv o’zgarishi ham kuzatiladi. K. mo’ylovoyoqli qisqichbaqasimonlar, krbi- klilar, parazit yassi chuvalchanglar va b. uchun xos (yana q. Degenerasiya, Reduktsiya, Neoteniya, Pedomorfoz).