Katapulta

Katapulta (lotincha kata-yuqoridan pastga va pallo-uloqtiraman, irg’itaman)-harbiy ishda-buralgan tolalar (soch, pay va boshqalar)ning qayishqoqlik kuchi ta’sirida harakatga keltiriladigan uloqtirish mashinasi. Yunoniston va Rimda V asr oxirigacha, asosan, qo’rg’onlarni qamal qilishda, jang maydonlarida qo’llanilgan. Katapulta tosh, g’o’lalarni, smola solib yondirilgan bochkalar va nayzalarni bir necha yuz metrga uloqtirgan. O’rta asrlarda Sharq mamlakatlari, shu jumladan, O’rta Osiyoda ham rasm bo’lgan. O’zbekiston hududida manjaniq va palaxmon deb atalgan.