KATENOID

KATENOID (lotincha catena — zanjir va Yunoncha eidos — ko’rinish) — zanjir chiziqning o’z o’qi atrofida aylanishidan hosil bo’ladigan sirt. Katenoid aylanish sirtlari ichida yagona minimal sirt. Tekisliklari markazlarini tutashtiruvchi to’g’ri chiziqqa perpendikulyar bo’lgan ikki sim aylana sovun ko’pigiga botirib olinsa, bu aylanalar orasida hosil bo’lgan yupqa parda Katenoid shaklini oladi.