Katolitsizm

Katolitsizm (yunoncha katholikos-umumiy, asosiy)-xristianlikdagi asosiy oqimlardan biri. Katolitsizm diniy ta’limot va cherkov tashkiloti sifatida, 1054 yili cherkovlarning bo’linishidan keyin vujudga keldi. XVI asrda Katolitsizmdan protestantizm ajralib chiqdi. Katolik cherkovi qat’iy markazlashgan, yagona markazi Vatikan, uning birdan-bir boshlig’i – Rim papasi. Lotin Amerikasi mamlakatlarida Katolitsizm hukmron diniy ta’limot hisoblanadi. Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya va Kubada katoliklar dinga ishonuvchi aholining ko’pchiligini tashkil etadi.