Katsenovich Rauf-Rafail Aleksandrovich
Katsenovich Rauf-Rafail Aleksandrovich (1920.7.9, Toshkent) — terapevt, kardiolog va fiziote- rapevt. O’zbekiston FA akad. (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1968), tibbiyot fanlari D-ri (1964), prof. (1966). Toshti ni tugatgan (1945). Bosh turkman kanali qurilishida 1-tibbiyot-sanitariya qismining boshlig’i (1951-53), O’zbekiston sog’liqni saqlash vazirligi salomatlikni tiklash va fizioterapiya i.t. in-tida ilmiy ko- tib (1953-58), direktor o’rinbosari (1958-72), ayni vaqtda Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-tida kafedra mudiri. 1972 y.dan toshti (1990 y.dan 2-toshti) gospital terapiya kafedrasi mudiri, kardiologiya i.t. inti direk- tori (1976-97), 1997 y.dan yurakning ishemik kasalligi lab. mudiri. K. Rev- matizm, ovqat hazm qilish a’zolari ka- salliklari, yurakning ishemik kasalli- gi, gipertoniya kasalligini aniqlash va davolash usullari ustida ilmiy ish olib borgan. Kurortologiya, fizioterapiya va yurak-tomir sistemasi kasalliklariga oid asarlar muallifi. As: Primenenie antagonista kaltsiya korinfara u bolnix stenokardiey na- pryajeniya — Nekotorie aspekti izuche- niya i optimizasii terapii, T., 1994.