KATTA ANDIJON KANALI

KATTA ANDIJON KANALI, Buzrukxo’ja Usmonxo’jaev nomidagi Kat- ta Andijon kanali — Farg’ona vodiysi- da barpo qilingan yirik sug’orish insho- oti. Namangan, Andijon, Farg’ona vilo- yatlar qududidan o’tadi. Uz. 109,1 km. Bosh qismida suv sarfi 300 m3/s (amalda 200 m3/s). Uchqo’rg’on sh. yaqinida Norin da- ryosidan boshlanadi. Markaziy Farg’ona bo’ylab Bag’dod tumani chegarasiga etib boradi. Shim. Bag’dod kollektoriga tash- Lama b-n tugaydi. Kanal qurilishida Katta Farg’ona kanalining chap sohil rostlagichi suvolgich bosh inshoot tar- zida foydalanilgan. Umumiy sug’orish mayd. 140,6 ming ga. Kanalning magi- Stral qismida va tarmoklarida 706 har xil inshootlar (ko’prik, dyuker, akveduk, quloqlar va h.k.), kanal Qoradaryoni ke- sib o’tish joyida yirik Chinobod dyuke- ri qurilgan. 2,5 km masofadagi tezoqar qismi o’zaniga beton to’shama yotqizilgan. Kanal qurilishi 1966 y.da boshlangan va dastlab Markaziy Farg’ona kanali deb atalgan. 1970 y.da K.A.k. to’la ishga tushirilgan. Uning Oxunboboev (uz. 23 km), Achchiqko’l (uz. 22 km), So’x (23 km) tarmoklari suvi Markaziy Farg’onadagi eskidan o’zlashtirilgan va ilgari katta Farg’ona kanalidan sug’orilgan 80 ming ga erni va yangi o’zlashtirilgan 61 ming ga erni suv b-n ta’minlaydi. Kanal suvidan Namangan viloyati- ning Uychi, Namangan tumanlari (44,0 ming ga); Andijon viloyatining ba- likchi, Ulug’nor, Shahrixon, Asaka tuman- lari (44,6 ming ga); Fargona viloyati- ning Oxunboboev, Uchko’prik, Bag’dod va Rishton tumanlari (52,0 ming ga) ekin maydonlarini sug’orishda foydalanila- Di. Kanalga 1977 y.da O’zbekistonda ir- rigasiya qurilishining faol namoyanda- laridan biri Buzrukxo’ja Usmonxo’jaev nomi berilgan.