Katta besmel tog’lari

Katta besmel tog’lari – sur- xondaryo viloyatidagi tog’lar. Bobotog’ tizmasining Jan.-g’arbiy yon bag’rida, shim.da arg’amchi va Jan.da Fayzova jar- liklari oralig’ida joylashgan. Eng ba- Land joy 1292 m. Asosiy balandliklar 900-1100 m. Kichik Besmel tog’ining eng baland joyi 1196 m. Jan.-g’arbdan shim.- sharqqa yo’nalgan, uz. 16 km. Bobotog’tiz- masi b-n ko’ndalangiga tutashadi. K. B. T. bo’r davrining qumtosh, ohaktosh, Alev- rolit, konglomerat, gips jinslaridan, suvayirg’ich qismi paleogenning qattiq ohaktoshlaridan tuzilgan. Shuning uchun ham tog’larning o’q qismi tik ko’rinishga ega. Tog’lar kuchli parchalangan, quruq jar va soylar ko’p uchraydi. Etaklari- dagi arg’amchi va Fayzova jarliklari tubida kam debitli buloqlar mavjud. Suvning sho’rligi har l.da 1-2 g. Su- vayirg’ichning shim.-Sharqiy qismida kamroq parchalangan yalangliklar uchray- Di. Oddiy va to’q bo’z tuproqlar engil mexanik tarkibli. Ba’zi joylarda tub jinslar usti ochilib qolganligi tufay- li tuproq umuman yo’q. Yon bag’rining bo’z tuproqlar tarqalgan joylarida rang, qo’ng’irbosh, qo’ziquloq, shuvoq, to’q bo’z tuproqlarda shuvoq b-n birga pista o’sadi. Yaylovlarning mahsuldorligi gek- tariga 2-3,5 ts.