Katta O’radaryo
Katta O’radaryo — Qashqadaryo viloyatidagi Daryo. G’uzordaryoning o’ng irmog’i. Hisor tizmasining g’arbiy qismidagi Xarkush dovonidan (3448 m) Egrisuv nomi b-n boshlanadi. Uz. 113 km, havzasi 1410 km2. Daryo, asosan, tog’lar orasida oqadi. Yirik irmoqlari: Qizilsoy, Almatsoy, Zarangbuloq, Sho’rsuv va b. O’rtacha yillik suv sarfi 4,6 m3/sek, yillik oqimi 140 mln. m3. Qor, yomg’ir va buloq suvlaridan to’yinadi. Mart-may oylarida suvi ko’payadi. Pachka- Mar suv omboriga quyiladi. Atrofdagi q.x. erlarini va shu erdagi qishloqlarni suv b-n ta’minlaydi.