Katta qumli cho’l
Katta qumli cho’l – Avstraliya ning shim.-g’arbiy qismidagi cho’l. Mayd. 360 ming km2, o’rtacha balandligi Jan. da 400-500 m, shim.da 300 m. Bal. 10— 15 m li (ba’zan, 30 m gacha), uz. 40-50 km gacha bo’lgan qator qum tepalari bor. Muvaqqat sho’r ko’l ko’p. Q.Q.ch. — Avstra- liyaning eng issiqjoylaridan biri; yozda o’rtacha t-ra 28-30°, qishda 20— 15° gacha bo’ladi. Yozda ekvatorial mussonlar bir oz yog’in keltiradi (shim. da 450 mm dan Jan.da 200 mm gacha). Yog’inning ko’p qismi bug’lanib ketadi, qisman qumga singadi. O’simliklari Jan.da tikanli kserofit boshoqlilar, akasiya butazorlari va shim. da evkaliptlardan iborat. Rudall-River milliy parki bor.