Katta sho’r ko’l

Katta sho’r ko’l – AQShning g’arbiy qismidagi oqmas ko’l. Katta Havza tog’ligida, 1282 metr balandlikda joylashgan. Pleystosen davridagi chuchuk suvli Bonnevill ko’lining qoldig’i. Ko’lga Ber, Uiber, Jordan daryolari quyiladi. Maydoni yog’in miqdoriga ko’ra, 2500 dan 6000 km2 gacha o’zgarib turadi. Sho’rligi ko’lda suv ko’payganda 137%” dan, suv kamayganda 300%s gacha. Chuqurligi 15 metrgacha. Glauber va osh tuzlari olinadi. Kattaning Sharqiy sohilida Solt-Leyk-Siti, Ogden shaharlari joylashgan. Ko’lni Janubiy Tinch okean temir yo’l (40 kilometr uzunlikdagi damba orqali) kesib o’tadi.