Kattag’or

Kattag’or — Chilustun tog’ tizmasining shimoliy yon bag’rida (Andijon viloyati Xo’jaobod tumani), 1025 metr balandlikda joylashgan. Devon davriga mansub ohaktoshlarda hosil bo’lgan. G’orning ravoqsimon shakldagi ikkita kirish qismidan katta xonag’a o’tiladi. Bu xonaning to’rida bir qancha yo’laklar va kichik xonalar (uzunligi 8 metr, eni 2 metr) bor. G’orning kirish qismidan to oxirigacha saqni ko’tarilib boradi, gil, tosh parchalari bilan qoplangan. G’orning umumiy uzunligi 70 metrga yaqin, maydoni 238 m2, hajmi 1824 m3. G’orda yovvoyi kaptarlar va ko’rshapalaklar yashaydi.