KATTAQO’RG’ON TEATRI

KATTAQO’RG’ON TEATRI, Abdulhamid Majidiy nomidagi Kattaqo’rg’on shahar o’zbek drama teatri — Samarkand viloyatidagi teatrlardan biri. 1920 y.da havaskorlik to’garagi si- fatida tashkil etilib, 1921 y. 15 yanv.da Ziyo Sayd va Mo’min Muhammadjonovning “Qonli kun” (“Toshkent isyoni”) spektak- li b-n ochilgan. D. Sohibov, R. Eshjonov, H.Burhonov, M.Hamroev, A.Murodov, G.Sayfuddinova, X.Bekqobulova, Z.Burnasheva, X.SHarafieva va b. trup- paning ilk aktyorlaridir, badiiy rahbar S.Saydashev. Dastlabki yillar trup-pada, asosan, tashviqot va targ’ibot ruhidagi bir pardali dramalar, shuning- dek, Hamzaning “muhabbat qurbonlari”, “Tuhmatchilar jazosi”, A.Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, G’.Zafariyning “Erk bo- lalari”, H.Shukrulloning “yangi maktab, eski maktab”, M.F.Oxundovning “Hoji qora” va b. asarlari sahnalashtirildi. 1926 y. truppa davlat teatriga aylanti- rildi. 1928 y. “Haqiqat” nomi beril- gan. H. Yusupov bosh rej., L.Sayfullina adabiy emakdosh etib tayinlandi. Teatrning shakllanishi va ijodiy taraqqiyotida A.Boltaev, S.G’afurov, R.Hasanova, Q.To’raev, S.Hayitov, X.So’fiev, A.Karomatov kabi mahalliy aktyorlar, shuningdek, A.Sulaymonov, S.Jo’raboev, Z.Qobulov kabi Samarkand teatri aktyor va rej.larining xizmat- lari katta. 30-y.larning 2-yarmida teat- rga Sh. Melieva, R. Rizaev, T.Io’ldoshev, L.Melnikova (Jamilova) va b. iste’- dodli yoshlar kelib qo’shildi. “Halima” (G’.Zafariy), “G’unchalar” (3. Fatxullin; D.Zokirov), “Maysaraning ishi”, “xo- lisxon” (Hamza), “Adolat” (I. Akramov; Sh. Akramov) kabi spektakllar qo’yildi. Urush yillari teatr vaqtincha badiiy-tashviqot brigadasiga, 1945 y. k-z— s-z teatriga aylantirildi. “Muhabbat” (Tuyg’un), “muhabbat guli” (H. Muxtorov), “Nurxon” (K.Yashin; T.Jalilov, G.Sobitov) va b. spektakllar sahnalashtirildi. 1953 y. Kattaqo’rg’on o’zbek musiqali drama teatri sifatida qayta tashkil bo’ldi. Teatrga boshqa te- atrlardan X.Boboxonova, H.Muhiddinov, H.Omonova singari san’atkorlar kelib qo’shildi. Repertuaridan “Oftobxon” (K.Yashin; X. To’xtasinov), “og’riq tish- lar” (A. Qahhor), “Gtaranji sirlari”, “Xolisxon” (Hamza), “Vatan ishqi” (3.Fatxullin, Sh.Sa’dulla; S.Boboev) kabi spektakllar o’rin oldi. 1961 y. Kattaqo’rg’on shahar o’zbek dra- ma teatriga aylantirildi. Teatr jamoa- si yil sayin Toshkent teatr va rassom- lik san’ati in-tini tugatgan yoshlar b-n to’ldirildi, aktyorlarning professional mahorati o’sib bordi. 60-70-y.lar mil- liy dramaturgiyaning ravnaqi, milliy teatr san’atining rivoji mazkur teatr faoliyatida ham yaqqol ko’zga tashlandi. Teatr repertuaridan yangi-yangi asarlar o’rin oldi: “Tobutdan tovush” (A.Qahhor), “Aldangan sevgi” (u.Ismoilov), “Imon” (I.Sulton), “Oltin devor” (E.Vohi-dov), “Besh kunlik kuyov” (Shuhrat), “ajab savdolar” (H.G’ulom), “qaysar qaynona” (H.Rasul), “Kelinlar qo’zg’oloni” (S. Ahmad), “parvona” (uyg’un) va b. shular jumlasidan. 1976 y. teatrga Abdulhamid Majidiy nomi berildi. 80-y.lar teatrning eng gurkira- gan, o’sish davri bo’ldi. Teatr davr va tomoshabin talabiga mos asarlar- ni sahnalashtirdi, ijodkor yoshlarga alohida e’tibor berildi. Uzbek dra- maturglari asarlaridan tashqari tar- jima asarlar ham sahnalashtirildi. “Qonli to’y” (Garsia Lorka), “makr va muhabbat” (F.Shiller), “Rustam” (U.Ismoilov), “tushovlangan tulpor- lar” (Sh.Boshbekov), “ezgulik va yovuz- lik (A.Suyun, S.Abdulla), “Zebunniso” (Uyg’un), “oy tutilgan tunda” (M.Karim), “Kurort” (O’.Umarbekov), “Nasriddin- ning sarguzashtlari” (yu. Azimzoda) va b. spektakllar b-n teatr o’z mavqeini mustahkamlab oldi. 1985 y. teatr qoshida “Qaldirg’och” bolalar eksperimental stu- diyasi ochildi. 90-y.lar teatr ijodkorlari davr- ga hamnafas, milliy ruh b-n yo’g’rilgan buyuk allomalarimiz hayotini yori- tuvchi tarixiy asarlar, chet el mumtoz asarlariga murojaat etdi. “Bir kam dunyo” (I.Hasanov), “Hayqiriq”, “Tad- birkor Olmaxon” (yorqin), “fig’on” (Sh.Siddiqiy), “zamon o’g’loni” (T.Akbarxo’jaev), “Shum bola” (G’.G’ulom), “Medeya” (Evripid), “Saodat yo’li” (Muhammad Ali Ergash), “Qo’shnilar” (M. Toshpo’lat), “to’y o’rniga tomosha” (T. Akbarxo’jaev) kabilar so’nggi yillarda sahnalashtirilgan eng yaxshi spektak- llardir. Turli yillarda teatrning ri – vojlanishida rej.lardan A.Jo’raev, Z.Ro’zi-eV, R.Orifjonov, I.Nurmonov, N.Shomurodov, rassomlardan M.Esipov, G.Kalantarov, M.Sobirov, artistlar- dan Sh.Melieva, Sh.Aminov, N.O’taev, Sh.Musaeva kabilarning xizmatlari katta. Hoz. kunda O’zbekistonda xiz- mat ko’rsatgan artistlar g.Mamedova, I.Xonimqulov, A.Abdurazzoqov, ar- tistlardan A.Qarshiboev, D.Egamova, I.Sultonov, G.Rizaeva, Q.O’sarova, G.Jabborova va b. teatrning etakchi AK- tyorlaridir. Frunze Jo’raev.