Kattaungur g’ori
Kattaungur g’ori – Nurota tog tizmasining Jan. yon bag’rida (Navoiy viloyati Xatirchi tumani), 950 m baland- likda, Krrag’och daryosi (Zarafshonning o’ng irmog’i) o’zanidan 60 m yuqorida joylashgan. Toshko’mir davriga mansub ohaktoshlarda hosil bo’lgan. G’orning ravoqsimon shakldagi kirish qismi sharqqa qaragan. G’or ichkarisida 23 m masofada oxaktoshli ustun (bal. 3 m) mavjud. Sahni gil b-n qoplangan, qush va hayvon qoldiqlari to’planib qolgan. Devor va shipida mumiyo belgilarini uch- ratish mumkin. G’orning umumiy uz. 40 m, mayd. 990 m2, hajmi 558 m3.