Kaunas

Kaunas (1917 y.gacha Kovno) -Litva- dagi shaxar. Nyaris daryosi Nyamunas Daryo- siga quyiladigan joydagi port. Shahar yonida Kaunas suv ombori qurilgan. K. respublikaning yirik sanoat markazi. T. y. va shosse yo’llari tuguni. Aholisi 379 ming kishi (2001). Yozma manbalar- da birinchi marta 11-asrda tilga olin- gan. Mashinasozlik (stanoksozlik, elektr motorlari, televizorlar va b.) va metallsozlik, engil (to’qimachilik- trikotaj va b.), oziq-ovqat, poligrafiya, kimyo (sun’iy tola z-Di), yog’ochsozlik va b. sanoat tarmoqlari bor. Qurilish ma- teriallari ishlab chiqariladi, GES, 5 oliy o’quv yurti, 9 muzey, shu jumladan, M.K. Chyurlenis nomidagi badiiy muzey, Adabiyot muzeyi, Tarix muzeyi, “9-Fort” muzeyi mavjud.