Kauzalgiya
Kauzalgiya (Yun. kausus — achishuv, lovillashuv va algos — og’riq) — peri- ferik nerv tolalari jarohatlanganda (xususan, o’tkir narsa b-n qisman kesil- gandan so’ng) chidab bo’lmaydigan dara- jada azob beruvchi og’riq. Og’riq zo’ridan kishi kechayu-kunduz tinim bilmaydi, jarohatlangan a’zosini avaylab, o’zini qo’yarga joy topolmay bezovtalanadi. O’qtekkan jarohat (mas, quymich nervi va uning oyokdagi tarmoqlari, o’rtalik nerv b-n tirsak nervining qo’ldagi tarmoqlari) chandiq-lanib bitganda, nevroma vujudga kelganda kuzatiladi. Shikastlangan qo’l yoki oyoqning tomirdan oziqlanish faoliyatining izdan chiqishi b-n kechadi. D a v o s i . Og’riq qoldiruvchi dorilar, ganglioblokatorlar, shuning- dek, fizioterapevtik muolajalar buyu- riladi; bular naf bermasa, jarrohlik usuli qo’llaniladi.