Kavkaz urushlari
Kavkaz urushlari – Kavkazni bosib olish uchun Rossiya imperiyasining olib borgan urushlari (18-19-a. lar). Pyotr davridayok, Rossiya Kavkazni egal- lash uchun harbiy harakatlarni boshla- gan edi. Dastlab Dog’istonning dengiz sohilidagi hududi va shim. Ozarbayjon- ni bosib oldi (1722-23). Rossiya-Turkiya urushi (1768-74) natijasida Kabarda uzil-kesil Rossiyaga o’tdi. 1783 y. Rossiya Sharqiy Gruziyani egalladi. 1802-06 y. larda G’arbiy Gruziya, Osetiya va Ozar- bayjonning qolgan qismi, 1810 y.da AB- xaziya Rossiya tomonidan bosib olindi. Usmonli turk imperiyasi va Eron b-n Rossiyaning manfaatlari Kavkazda to’qnashganligi bu erdagi kurash jarayo- niga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. Kavkazdagi xalqlar Rossiya bosqiniga qarshi milliy ozodlik harakatini avj oldirdilar. Bu harakatga 1830 y.larda G’ozi Muhammad, Hamzat, 1834 y. dan Imom Shomil boshchilik qildi. 1843 y. Shomil bir necha rus istehkomlarini egallab, Rossiya qo’shinlariga jiddiy zarbalar berdi. Ruslarning Kizlyar va Darband sh.lari b-n aloqalari uzib qo’yildi, Te- Mirxon sho’ra (hoz. Buynaksk) sh.ni ozod qilish uchun ayovsiz janglar bo’ldi. Rus- lardan ozod qilingan Dog’iston va Che- Cheniston hududida Shomil harbiy li- niy davlat — imomat tashkil qildi (q. Muridchilik). Tog’liklarning Rossiyaga karshi olib borgan ozodlik harakatlari iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli 1850-y.larning oxiriga kelib zaiflash- Di. Usmonli turk imperiyasidan kelayot- gan yordam ham to’xtadi. 1859 y. Shomil- ning so’nggi tayanch punkti — Gunib ovuli qo’ldan ketdi. K.u. 1864 y. ruslar tomo- nidan G’arbiy Kavkazni bosib olish b-n tugallandi.