KAVLOVCHI ARILAR

KAVLOVCHI ARILAR (Sphecoidea) -pardaqanotlilar turkumining katta oilasi. Mayda va o’rtacha kattalikdagi hasharot, uzunligi 5-60 millimetr. Kavlovchi arilar tuproqda bitta yoki ko’pincha bir necha (30 tagacha) katakchali in quradi (nomi shundan olingan). Qurtlarini falajlangan hasharotlar (asosan, o’simlik shiralari) va o’rgimchaklar bilan boqadi. Voyaga yetgan arilar gul nektari bilan oziqlanishi tufayli o’simliklarni changlatishda ishtirok etadi. Ayrim turlari hasharotlar inida parazitlik qiladi. 8000 ga yaqin, jumladan, O’rta Osiyoda 800, O’zbekistonda 300 ga yaqin turi ma’lum.