Kaxeksiya
Kaxeksiya (Yun. kakos — yomon, hexis — ahvol) — ochlik, to’yib yoki yolchitib ovqat emaslik, moddalar almashinuvi- ning jiddiy buzilishi oqibatida haddan tashqari ozib ketish, cho’p-ustixon bo’lib qolish. Alimentar distrofiya, surunka- li zaharlanishlar (margimush, simob va b.dan), holdan toydiradigan kasalliklar (sil, rak), shuningdek, ichki sekresiya ka- salliklari, ba’zi avitaminozlar K.ga olib keladi. Gavda vazni keskin kamay- ib ketadi, darmon quriydi, ko’z kirtaya- Di, soch to’kiladi, teri burishib qurib qoladi. Bemorning rangi zahil tortadi, gavda harorati va qon bosimi pasayadi, yurak urishi sustlashadi, qonda qand miqdori kamayadi, teri suyakka yopishib qolgandek tuyuladi, ichki a’zolar atro- fiyasi kuzatiladi. Ba’zi hollarda badan shishadi, ruhiyat o’zgaradi. Bunday holat ko’proq 20-40 yoshli ayollarda kuzatila- Di. Kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmlari va h.k.ga ko’ra, K.ning bir necha turi (alimentar, gipofizar, o’sma va b.) farq qilinadi. Asosan, bosh miya- da joylashgan gipofiz — ichki sekresiya bezining gormonlar i.ch. faoliyati izdan chiqadi. Bosh miyaning o’rta qismida joy- lashgan gipotalamik-gipofizar sohada o’zgarishlar (o’sma, yallig’lanish va b.) sodir bo’ladi. K.ni bartaraf etish uchun unga sabab bo’lgan asosiy kasallikni yo’qotish choralari ko’riladi, gipofiz o’smasida neyroxirurgiya qo’llaniladi, boshqa sabablar bo’lsa, gormonlar b-n da- volanadi.