KAYKOVUS ARIG’I

KAYKOVUS ARIG’I – Toshkent shahridagi qadimgi kanal, Bo’zsuvning o’ng tarmog’i. 6-7-asrlarda Bo’zsuv kanali katta- lashtirilib, undan Kaykovus arig’i chiqarilgan va Qoraqamish jarligigacha yetkazilgan. Muhammad Solihning “tarixi jadidai Toshkand” asarida Bo’zsuv ham Kaykovus arig’i deyilgan. Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” (“Sharafnomai shoxiy”) asarida 16-asrda Kaykovus arig’i bo’yida (shahar qo’rg’oni tashqarisida) “Kaykovus bog’i” bo’lganligi va bog’da Toshkent sultonlari yashaganligi aytiladi. Hozirgisi Kaykovus Shayxontohur GESning yuqori befidan boshlanadi, uzunligi 28 kilometr, suv o’tkazish imkoniyati 20 m3/s. Sobir Raximov va Shayxontohur tumanlari hududidan oqib o’tadi.