KAYMANSIMON

KAYMANSIMON TOSHBAQALAR (Chelydridae) — toshbaqalar oilasi. Qorin kosasi kichkina, but shaklida, orqa kosasi katta, kam bukilgan, jag’lari baquvvat, oyog’i kuchli, panjalar orasi parda b-n qoplangan, dumi tanasining yarmiga teng. Kaymansimon toshbaqalarning 2 urug’i, har bir urug’ida 1 tadan turi bor. Yirtqich. Vakillaridan biri tishlog’ich toshbaqa , uzunligi 90 santimetrcha (kosasi 40 santimetr), vazni 20 kilogrammcha. Amerikadagi Daryo, ko’l va botqoqlarda uchraydi. Qumoy toshbaqa chuchuk suv toshbaqalari orasida eng yirigi: bo’yi 140 santimetrcha (kosasi 40 santimetrcha), vazni 60 kilogrammcha. Asosan, baliqlar bilan ozikqlanadi. Ovlanadi