Kaysoniylar

Kaysoniylar — 7-a.da shia- lar orasidan ajralib chiqqan firqa tarafdorlari. Shialarning 3-imomi Husayn 680 y.da Karbalo yaqinida qalok bo’lgandan keyin, 4-imomni e’tirof etishda ular orasida ixtilof yuz bergan: ularning bir qismi Husaynning o’g’li Ali (Zayn al-Obidin)ni Imom deb tani- sa, boshqa guruhi Husayn o’g’illarining juda yoshligi va rahnamolikka Qobil emasligini sabab qilib ko’rsatib, Ali- ning Banu Hanifa qabilasidan o’lja sifatida olingan kanizagidan tug’ilgan, janglarda ishtirok etib tanilgan o’g’li Muxammad (637-700)ni 4-Imom deb e’- tirof qilgan. Barcha manbalarda onasi mansub bulgan qabila nomiga nisbat be- rilib u Muhammad ibn al-Hanafiya deb ataladi. Uning tarafdori bo’lgan shialar Muxtor ibn Abu Ubayd rahbarligida 685 y.da Kufada isyon kutarib, umaviylarga zarba bergan, Husaynni o’ldirganlarning ko’pini jazolagan. Qo’lga tushirilgan Kufa xazinasidagi pullarni isyonchilar- ga taqsimlab bergan. Bu isyonda Abu Amr Kayson faol ishtirok etgan (firqaning nomi shundan). Keyinchalik ichki ixti- loflar natijasida isyonchilar engilib, Muxtor halok bo’lgan (687). Muhammad ibn al-Hanafiya bevosita qo’zg’olonda ish- tirok etmagan. K. Alini payg’ambarning qizi Fotimaga uylangani uchun emas, uzi- ga xos imomlik xislati uchun Imom deb taniydi, shu sababli, imomlik paygambar avlodiga o’tishi shart emas deb hisoblab, Alining ikki o’g’li (Hasan va Husayn) dan keyin imomlik kanizakdan tug’ilgan 3-o’g’liga o’tishi kerak, degan g’oyaga asos- langan edi. K. firqasi kamayib, keyin- chalik (9-a. o’rtalarida) tamoman yuqolib ketgan, shialarning ko’pchiligi tomoni- dan Ali 4-Imom sifatida tanilgan.