Kayxusrav, Kavi Xaosrava

Kayxusrav, Kavi Xaosrava -1) Eron mifologiyasida kayoniylar sulola- sidan bo’lgan 3-shoh. “Shohnoma”ga ko’ra, onasi Zahhok qavmidan bo’lgan Turon- lik Farangis. Otasi Siyovush. Afrosi- yob Turon bahodiri Pironga Farangisga ko’z-quloq bo’lib turishini va tugila- digan chaqaloqni o’ldirishni buyuradi. Piron tushida Siyovushni ko’radi. Siyo- vush o’g’lining taxtga o’tirishini basho- rat qiladi. Piron K. deb ism qo’yilgan chaqaloqni cho’ponlarga topshiradi. Bola Paxlavon bo’lib etishadi, uning sha- brangi Behzod nomli qora oti bo’lgan. Eronliklar K.ni topish uchun ko’p ovora bo’lishadi, nihoyat 7 yillik izlanishdan so’ng Bahodir GeV K.ni onasi b-n birga- likda bobosi Kaykovus huzuriga olib keladi. K. 60 y. podshoxlik qiladi. Ru- Stam b-n birgalikda u otasining o’chini olish uchun Afrosiyobga qarshi yurish qiladi. Jangda Afrosiyobning o’g’li Shidni o’ldiradi, so’ng Afrosiyob ham halok bo’ladi. K. davrida mamlakatda tinchlik-osoyishtalik o’rnatiladi. K. Afrosiyobning boshqa bir o’g’li — Jax- nni tutqunlikdan xalos etib, unga Tu- Ronni topshiradi. Ammo K.ning ko’ngli o’zidan xotirjam emas edi. Uning to- mirlarida faqat yaxshilikka e’tiqod qilganning qonigina emas, yovuzlikka e’tiqod qo’yganning ham qoni oqishini bilardi. U o’zidagi yovuzlik ibtido- si undagi ezgulikni engib qo’yishidan xavotirda edi. K. taxtni qarindoshi Luhrospga topshirib, o’zi toqqa yo’l ola- Di va tongda g’oyib bo’ladi. Bahodirlar bedarak ketgan K.ni izlashga otlani- shadi, kuchli qor bo’roni ularni ko’mib yuboradi va ko’pchilik bahodirlar K. kabi abadiy g’oyib bo’lishadi. Avestoda Kavi Xaosrava Ardvi Su- radan Frangxrasyon (Afrosiyob)ni engishda madad so’raydi. Unga Ardvi madad beradi. “Chunki, Ardvi iymon- lilar tilagini bajo keltiruvchi zot- dir”; 2) Axomaniylar davlati asoschisi Kir II ning xalq og’zaki ijodi, fol- klorda uchraydigan afsonaviy nomi. Mirsodiq Ishoqov.