Kazus Belli
Kazus Belli (lotincha casus belli-ayni ma’nosi urushga bahona)-urush holati vujudga kelishi uchun bevosita rasmiy sabab. Kazus Bellini urushga sabab sifatida urushni keltirib chiqargan haqiqiy sabablardan farqlash kerak. Masalan, Sarayevoda Avstriya ertsergohi Ferdinandning o’ldirilishi Birinchi jahon urushi uchun Kazus Belli bo’lgan. Urushning haqiqiy sababi imperialistik davlatlarning dunyoni qayta taqsimlash uchun kurashi edi.