Kebin zilzilasi

Kebin zilzilasi – 1911 y. 4 yanv. da Qozog’istonning Verniy (hoz. Olma-ota) sh. yonida yuz bergan. Dunyo- dagi eng kuchli zilzilalardan biri hisoblanadi. Zilzila kuchi episentrida 10-11 ball, magnitudasi 8,2, chuq. 2,5 km bo’lgan. Qozog’istonning Verniy, Uy- tol, Jilariq kabi bir qancha shahar va qishloqlarida zilzila kuchi 9 ballga et – gan. K.z. kuchi va tebranishining tevarak- atrofga tarqalishi jihatidan ham juda kuchli ekanligi tan olingan. Er silkinishi vaqtida hosil bo’lgan to’lqin butun er kurrasini 3 marta ay- lanib chiqqan. Episentr zonasida hosil bo’lgan er yoriqlarining uz. 40— 50 km ga etgan. Ayniqsa, Sazonovka— Oqsu qishloqlari oralig’idagi yoriqlar bo’ylab tog’jinslari keskin siljigan, katta-kichik o’pirilma va surilmalar so- dir bo’lgan. Zilzila oqibatida halok bo’lganlar soni 450 dan ortgan. Verniy sh.ning o’zida pishiq g’ishtdan qurilgan 776 imorat butunlay buzilib ketgan. K.z. ta’siri Rossiyaning zilzila o’chog’idan 1000 km uzoqlikdagi Omsk, Tomsk hamda Qozog’istonning Ko’kchatov sh.larida ham sezilgan. Er silkinishlari 6 oygacha ta- krorlanib turgan. Shu davr ichida 300 dan ortiq tebranishlar qayd etilgan. Zilzila markazida kuchli qayta silki- nishlar o’sha yilning 9,12,14 yanv. kunla- ri sodir bo’lgan.