Kedrin Aleksandr Veniaminovich

Kedrin Aleksandr Veniaminovich (1940.11.5, Toshkent) — rassom, keramika ustasi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1984). P.Benkov nomida- gi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1965). 1965 y.dan me’morlar b-n ijodiy hamkorlik qilgan; u yarat- gan sopol buyumlar, namoyonlar turli jamoat binolari (“moviy gumbazlar” choyxonasi, “Chorsu” mehmonxonasi va b.) b-n uyg’unlashgan. Sharq miniatyu- ralari ruhida ishlangan “Bahrom go’r ovda”, “Umar Xayyom she’rlari” namoyon- lari, “sirli olam”, “zangori tog’lar”, “Tuman” kabi devoriy rasmlari va b., o’zbek kulolligi an’analarida yaratilgan ro’zg’or buyumlari (piyola, lagan, kosa va b.) ranglar harakati, mazmuni va dadil uslubiy izlanishlari b-n diqqatni tor- tadi.