Keldish Mstislav Vsevolodovich

Keldish Mstislav Vsevolodovich [1911.28.1.(10.2), Riga – 1978.24.6, Mo- skva] — rus matematigi va mexanigi, akad. (1946). Sobiq Ittifoq FA Pre- zidenti (1961-75). 3 marta mehnat qaxramoni (1956, 1961, 1971). Moskva un-tini tugatgan . (1931). Ilmiy ishlari mat. va mexanika, aerodinamika, gidro- dinamika, tebranishlar nazariyasi va b.ga oid. K.ning mat. sohasidagi ishlari, aso- san, kompleks o’zgaruvchili funktsiyalar nazariyasi, haqiqiy o’zgaruvchili funktsi- yalar nazariyasi, potentsiallar nazariyasi va b.ga bag’ishlangan. Matematik naza- riyani mexanika, avtomatik boshqarish, aeromexanika va b. masalalarga tatbiq qilgan. K.ning ilmiy ishlari hisoblash mat.si, hisoblash texnikasi, yadro energe- tikasi, kosmik tadqiqotlarning rivoj- lanishiga katta hissa qo’shgan. K.ning aviasiya va kosmik apparatlar tebranishi va turg’unligiga, suyri sirtlarning gaz va suyuqlikdagi harakatiga, zarba, vint nazariyalariga oid ishlari texnikaning muhim amaliy masalalarini echishga im- kon beradi. U aerodinamika va gidrodi- namika sohasida N.E. Jukovskiy va S.A. Chapliginning ishlarini davom ettirib, Jukovskiy teoremasini umumiy holda isbotlagan.