“Kelinoy”

“Kelinoy” — xalqdostoni; shu nomdagi liro-epik dostonlar turku- mi. 19— 20-a.larda yaratilgan. Surxon- Daryo va Qashqadaryoda, shuningdek, to- jikiston va Turkmanistonning Jan. hududlarida yashovchi o’zbeklar o’rtasida keng tarqalgan. Dastlab naql, rivoyat va termalar sifatida (kichik epik va xayotiy voqealar asosida) yuzaga kelgan. Keyin- chalik yaxlit va mustaqil syujetli Doston shaklida kuylangan. “K.”ning bir necha tarixiy davrlarga xos variant va versi- yalari bor. Umir baxshining “K.”, Qodir Rahim o’g’lining “Masharoy-Norg’uloy”, Rajab baxshi va buri boxshmlarning “Izzatoy” kabi “K.”dostoni variant- larida bosh qahramon (Ke-linoy)ning go’zalligi, aql-idroki ta’riflanib, tengsiz nikoh, ba’zi salbiy urf-odatlar qoralangan. Keyinchalik Tosh Chorshan- ba o’g’li, umir baxshi, Mamadrayim Bax- shi (1889-1970), Hazratqul Xudoyber- Di o’g’li, Chori Xo’jamberdi o’g’li, Zohir Qo’chqor o’g’li va b. baxshilar yaratgan “Oysha”, “Toshgul”, “Oytoshgul”, “Xon- suluv”, “Oysihat” va “K.”turkumidagi boshqa dostonlarda xotin-qizlar erki va xalq ozodligi masalalari ilgari suril- gan. “K.”turkumida hoz. ham dostonlar yaratilmoqda va ijro etilmoqsa. Ad.: Ke- linoy, T., 1962.