Kelvin shkalasi
Kelvin shkalasi – termodinamik temperatura shkalasining nomi. Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni asosida temperatura shkalasini yasash printsipini birinchi bo’lib 1848 yilda taklif qilgan U. Tomson (Kelvin) sharafiga qo’yilgan. Bunda temperatura mutlaq nol (— 273,15°) dan boshlab hisoblanadi. Gradus miqdori muzning erish temperatura (nuqta) si bilan normal sharoitda suvning qaynash temperatura (nuqta) si intervalining urd qismiga teng. K. bilan belgilanadi.