KEMA QUYRUG’I

KEMA QUYRUG’I – osmonning Janubiy yarim sharida kabutar va yelkan yulduz turkumlari bilan chegaralangan yulduz turkumi. Eng yorug’ yulduzi Kanopus bo’lib, ravshanligi 0,75 ko’rinma yulduz kattaligiga teng. O’zbekiston hududida ko’rinadi.