Kenagas

Kenagas — o’zbek xalqi tarki- biga kirgan qabilalardan biri. Xo- razm, Buxoro viloyati, Farg’ona vodiysi, Qoraqalpog’iston va shim. Afg’onistonda yashagan, tarkibida bir qancha kichik qabila va urug’lar bo’lgan. Bulardan eng yiriklari Ochamayli, kirey, abak ki- Rey, ovoqli, taroqli, chuyut, qayri Soli. Mas, Qoraqalpog’istondagi K. (10 ming kishi, 1924) tarkibida aranshi, oqtugin (aqtog’in), Omir (Umar), taroqli, dubal (dobal), oymaut (uymout), dombazak (dum- Bazak), Nokis (Nukus) kabi 8 urug’bo’lgan. Bu urug’lar o’z navbatida 21 tera (urug’ shoxobchasi)dan tashkil topgan. 1912-13 y.larda Yangibozor va Kegayli volostida 8601 K. yashaganligi qayd etilgan. 1926 y.da o’tkazilgan aholi ro’yxatiga ko’ra, esa Shahrisabz, kitob va ularga yaqin qishloqlarda 35040, Buxoro vohasida 2725, Karmana va uning atrofida 2775 K. istiqomat qilgan. Farg’ona vodiysida, asosan, Qo’qon tevaragidagi qishloqlarda yashagan. Qo’qon xoni Abdurahimbiy K.lardan bo’lgan Shahrisabz hokimi Hakim Buxoriyning qizi Oychuchukka uy- langan bo’lib, Farg’ona vodiysida u “Ke- nagas oyim” ismi b-n mashhur edi. Abdullaxon P davrida K.lar yuqori mansablarni eg’allashgan. K. etakchi- lari xonning o’ng tomonidagi a’yon- lar qatorida, raisdan keyingi o’rinda bo’lgan. Ashtarxoniylardan Abdulaziz- xon davrida esa soqiy Xoja kenagas Ishkashim hokimi etib tayinlangan. “Tarixi Abulxayrxoniy” asaridagi ma’- lumotlarga ko’ra, O’zbek ulusish K.lar qo’shinning chap qanoti — juvang’araya jang qilgan. Abdurahmon Tole’ning “Tarixi Abulfayzxon” asarida ayti- lishicha, Abulfayzxon Buxoro taxti- ga o’tirgach (1711), ayshu ishratga be- rilib, davlat ishlarini o’zi bo’larga tashlab qo’yadi. Natijada mamlakatda qabilalararo beboshlik, adovat kuchayib, bir qancha qabilalar qatori K.lar ham tinch aholini talash, ularga nisbatan turlicha yovuzliklar qilishda qatnashadi. Mac, 1719 y. bahorida miroxur Ismoil boshchiligidagi 2 ming kishilik K.lar qo’shini Buxoro viloyatidagi Bahouddin qishlog’iga bostirib kirib, u erda “guli surx” (“qizil gul”, ya’ni Lola) bayrami- ga to’plangan ko’p minglik tinch aholini talab, o’ta beayov jabr-zulm qilgan. Shu bois Abulfayzxondan keyingi xonlar davrida K.larning ko’pchiligi azaliy tu- rar joylaridan badarg’a qilinib, Buxo- roning turli tumanlariga tarqatib yubo- rilgan. Buxoro xoni Muhammad Rahim davrida davlat mansablariga 32 yirik qabila (jumladan, K.) vakillaridan qo’yilgan. Chunonchi, Xudoyor kenagas bu- xoro dodxoyi etib tayinlangan. K.larning asosiy mashg’uloti chorva- chilik va dehqonchilik bo’lgan. Ular 20-a. boshlarida o’zbeklar tarkibiga butunlay singib ketgan. Ad.: Shoniyozov K., O’zbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001; Karmishe- va B. X., Ocherki etnicheskoy isto- rii yujnix rayonov Tadjikistana i O’zbekistona, M., 1976.