KERSANTIT
KERSANTIT (Frantsiyadagi kersan- ton degan joy nomidan) — ertomirli magmatik tog’jinsi; biotit (1/3 qismi), kvars va nordon plagioklaz hamda mag- netit va apatitdan tashkil topadi. Tar- kibiga ko’ra K.ning biotitdan tashqari qisman piroksen va amfibolli turlari ham uchraydi. K. granit tarkibli mag- maning kristallanishi, differentsia- tsiyalanishi tufayli temir va magniyli minerallarga boyishi hamda atrof jin- slarini o’zgartirib kristallanishi na- tijasida hosil bo’ladi. O’zbekistonda intruziv tog’jinslari b-n uchraydi.